Bosh sahifa Fan-texnika Farg‘onada neft bilan shug‘ullanuvchi yashirin korxona aniqlandi
Fan-texnika

Farg‘onada neft bilan shug‘ullanuvchi yashirin korxona aniqlandi

  • 12.02.2024 / 14:01
  • 2131
  • 0
111

“O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yashirin korxonalarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida Farg‘ona shahridagi Kimyogarlar ko‘chasi 6-G uyda joylashgan “Farg‘ona stats oyl” MChJning noqonuniy faoliyati aniqlandi. Bu haqda “O‘zneftgazinspeksiya” axborot xizmati xabar qildi.

 

Hujjatlarga ega bo‘lmagan korxona yashirin tarzda neft xom ashyosiga ishlov berishni yo‘lga qo‘ygan. Obyektda neft va neft mahsulotlariga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqarish sikli tashkil qilingan. Aniqlangan ashyoviy dalillar orasida 5 tonna neft xom ashyosi, 5,5 tonna dizel yoqilg‘isi, 23,5 tonna sanoat moyi, shuningdek, 12 tonna neft shag‘ali va 3 tonna neft koksi bor.

Xabarda yozilishicha, neft xomashyolar va qayta ishlangan mahsulotlar hamda moylar temir sig‘imlarda saqlangan. Hozirgi paytda idishlarda saqlangan neft mahsulotlarining umumiy hajmi aniqlanmoqda.  

Topilgan idishlardagi mahsulotning sifatini aniqlash uchun 5 ta namuna olindi. Namunalar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining kimyoviy nazorat laboratoriyasiga batafsil tahlil o‘tkazish uchun yuborilgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar