Bosh sahifa O'zbekiston “Panoramic Spa hotel”da nogironlar sayr qilishi mumkin emas-mi?
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot
Kadrlar
Moliya
Jamiyat
Huquq
Turizm
Fan-texnika

“Panoramic Spa hotel”da nogironlar sayr qilishi mumkin emas-mi?

  • 08.10.2024 / 20:17
  • 181
  • 0
111

Bugungi kunda  aholining  e’tibor zarur bo‘lgan qatlami – nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan yetarlicha sharoit yaratish va uning huquqiy asoslarini  yanada mukammalashtirish inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Zero,  fuqarolarning davlat va jamiyat oldida teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishida barcha insonlarning ehtiyojini  birdek inobatga olish adolatli. 

Xususan, joylashtirish vositalarida ham. Turizm namoyishi obyektlarining sanitar-gigienik holatini o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha Toshkent viloyatida bo‘lib turgan ishchi guruhi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda hududiy ishchi guruhlaridan tarkib topgan boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida nazorat-tekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

Ishchi guruhning yo‘lidagi manzillardan biri Bo‘stonliq tumanidagi “Panoramic Spa hotel” bo‘ldi. Dunyoning ko'plab mashhur joylashtirish vositalaridan andoza olib qurilgan mehmonhonada sayohlar  uchun yetarli barcha sharoitlar borligi tahsinga loyiq. Lekin guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek  bu yerda ham muamolar borligi ko'zga tashlandi. Mehmonxonda ham imkoniyati cheklanganlar uchun yo'laklar qurilmaganligi aniqlandi. Aftidan joylashtirish vositasi rahbariyati 2022 yilda qayta tahrir qilib tasdiqlangan O‘zbekiston  Davlat standarti  3220 raqamli “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartiga tegishli hukumat qarorlariga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilganidan bexabar shekilli. Qolaversa, mehmonxona boshqaruvchisi nogironligi bor sayyohlarni joylashtirish vositasining hovlisida yurishi mumkin emasligini, jismoniy imkoniyati cheklangan sayyohlar boshqa turistlarning nozik ko‘ngliga tegishini ta’kidladi.

Ishchi guruhning o‘rganishlari natijasini quyidagi videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar