Bosh sahifa O'zbekiston Mehmonxonalarda VIP darajadagi 5 qoida asosida xizmat ko‘rsatish
O'zbekiston

Mehmonxonalarda VIP darajadagi 5 qoida asosida xizmat ko‘rsatish

  • 05.05.2024 / 11:22
  • 61
  • 0
111

O‘zbekchilikda “mehmon – atoyi Xudo” deyilganidek,  mehmonni alohida ehtirom bilan qarshi olamiz. Har qanday mehmonni hurmatini joyiga qo‘yishga harakat qilamiz. Mehmonxonaga tashrif buyurgan  VIP darajadagi mehmonlarga ham xizmat  ko‘rsatishda har bir narsa juda ahamiyatga ega. Boisi, ko‘rsatayotgan xizmatimizda hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz  va alohida tashrif bilan kelgan mehmonlarning  tabi nozikroq bo‘lishini hisobga olishimiz kerak bo‘ladi.

Ko‘pincha  VIP darajali mehmonlarni qabul qilishni xohlamaymiz.  Chunki, bu bizdan ortiqcha  xarajat yoki xizmat talab qiladi. Biroq, bunday mehmonlarni rad qilmasligimiz lozim. Chunki, birgina mashhur insonga yaxshi xizmat ko‘rsatish ko‘p hollarda mehmonxonaning bevosita reklama bo‘lishini ta`minlaydi.

Kimlar VIP darajadagi mehmon sanaladi?

VIP darajadagi mehmonlar deb, ish yuzasidan yoki xizmat safari uchun tashrif buyuradigan bloger, olim hamda rassom singari mehmonlarga aytiladi. Umuman olganda ular mehmonxona uchun  tashrifi ahamiyatli kishilardir.

Bunda xizmat ko‘rsatish uchun 5 qoidaga yaxshi amal qilinsa ish ancha unumli va oson kechadi:

  1. Barcha xodimlarni ogohlantirish.

Alohida hurmatli mehmonlarning kelayotgani haqida barcha xodimlarni ogohlantirib qo‘yish va unga ko‘ra xizmat ko‘rsatish mehmonxona  brendining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Xodimlar samimiy va mehmondo'st bo'lishi kerak. Biroq qabulxona xodimi  xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha ehtiyot choralarini ham  mehmon so‘rovnomasidan  chetda qoldirmasligi lozim. Alohida tashrifli  mehmonlar  har bir xodim tomonidan yaxshi kutib olinishlari kerak.

  1. Qo'shimcha xizmatlarni bron qilish.

Mehmon va mehmonxona o'rtasidagi muhim o'zaro ta'sir - bu bron qilish xizmatlari. Mehmon  mehmonxonada qanday qo'shimchalar xizmat turlari borligini bilishi lozim. Mehmon qo‘shimcha xizmatdan foydalanganda (masalan, massaj, kechki tadbir, kurort)  mehmonxona uchun qo‘shimcha daromad  keltiradi.

Bundan tashqari online bron qilish xizmati yaxshi yo‘lga qo’yilsa, mehmonxonaning yuqori mansabdor mehmonlariga masofadan turib band qilgan holda ortiqcha vaqt sarflamasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib joylashish uchun qulaylik yaratadi. Aksariyat,  VIP mehmonlarning vaqti tig‘iz bo‘lishini hisobga olish xizmat sifatini yaxshilaydi.

 

  1. Alohida mehmonlar uchun nima kerakligini bilib olish

Ba'zi  VIP mehmonlarning  ish boshqaruvchilari bo‘ladi. Shuning uchun, bunday paytda mehmonning o‘zi bilan emas, menejeri bilan ish yuritiladi. Ish boshqaruvchi boshlig‘ining kun tartibi va  xohishlarini yaxshi biladi. Buning uchun mehmonxona xodimi  ish boshqaruvchi bilan yaxshi ishlasa,  olingan ma`lumotlar mehmonga yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun imkon beradi. Ularni mehmonxonada qanday kutib olish, xonada nima bo'lishi va aeroportga qanday mashina olib kelish haqida aniq ko'rsatmalar beradi.

  1. Xizmatni shaxsiylashtirish.

VIP darajadagi mehmonlar ism-shariflari bilan murojaat qilishga va ularni iliq kutib olishga odatlangan. Bundan tashqari unga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib, xohish va fe`l atvorini o‘rganib va unga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan mehmonning keyingi tanlovi ham yana shu mehmonxonaga bo‘lishini ta`minlaydi.

  1. VIP mehmonlar uchun vaqtni tejash

Ko'pgina hollarda, bunday mehmonlar ish bilan kelishadi. Shuning uchun xona tayyorlash uzoq  vaqt olmasligi  va ro'yxatdan o'tkazish tez bo'lishi kerak.

Ro'yxatdan o'tish paytida barcha mehmonlar ma'lumotlarini tezda kiritish uchun ACS - avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tizimda tez band qilish va ma'lumotlarni qulay interfeysda to'ldirish mumkin. 

Yuqori martabali shaxlarning tashrifi mehmonxona biznesini rivojlantiradi. Ularning kelishi oddiy mehmonlarga qaraganda qo‘shimcha daromad keltirishi aniq. Biroq ular mehmonxonaga har safar kelganda  qandaydir yangilik kutishadi. Shundan kelib chiqqan holda, garchi mehmonxonada moliyaviy o‘zgarish qilinmasa ham xizmat ko‘rsatishdagi yangi qoida mehmonni ruhlantiradi. 

Kalit so'zlar:

#yangilik

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar