Bosh sahifa Sport Toyota butun dunyodan avtomobillarini chaqirib olmoqda
Sport

Toyota butun dunyodan avtomobillarini chaqirib olmoqda

  • 24.01.2020 / 03:21
  • 480
  • 0
111

Bunga avariya vaqtida mashinalardagi himoya yostiqchalari ochilmay qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Kompaniya bergan bayonotga ko‘ra, chaqirib olinadigan mashina modellariga 2011-2019 yillarda ishlab chiqarilgan Corolla, shuningdek, Matrix (2011-2013), Avalon (2012-2018) va Avalon Hybrid (2013-2018) kiradi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu avtomobillarga elektron boshqaruv blogi o‘rnatilgan. U elektr nosozliklardan to‘la himoyalanmagan bo‘lib, avariya holatlarida himoya yostiqchalari ochilishini noto‘g‘ri boshqarishi mumkin.

Tayota avtoservisidagi mutaxassislar bunday nosozliklarning oldini olish uchun avtomobillarga maxsus himoya o‘rnatishni rejalashtirishgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar