Bosh sahifa Sport O‘tgan yili qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi?
Sport

O‘tgan yili qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi?

  • 24.01.2020 / 03:24
  • 504
  • 0
111

2019 yilda 19,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fuqaroligini oldi. Bu Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bosh boshqarmasining hisobotida keltirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilda qariyb 498 ming nafar chet el fuqarosi Rossiya pasportini olgan. Bu 2018 yilga nisbatan 84 foizga ko‘p. O‘shanda atigi 269 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgandi.

Rossiya fuqaroligini olganlarning aksariyati Ukraina fuqarolari (qariyb 300 ming kishi), undan keyin Qozog‘iston fuqarolari – 50,5 ming va Tojikiston – 44,7 ming, shuningdek, Qirg‘iziston – 9,3 ming va Turkmaniston – 1,4 ming kishi.

Shuningdek, 2019 yilda 234,7 ming nafar chet el fuqarosi vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, 182 ming kishi istiqomat uchun guvohnoma olgan.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar