Bosh sahifa Moliya Qo‘qonda Polsha Oliy Bank maktabi institutining filiali ochiladi
Moliya

Qo‘qonda Polsha Oliy Bank maktabi institutining filiali ochiladi

  • 24.01.2020 / 03:29
  • 589
  • 0
111

Institut rektori Jasek Mersik (Jacek Mercik) tomonidan iliq kutib olingan Marufjon Usmonov o‘quv xonalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va institutning yangi qurilayotgan binosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Vrotslav shahrida institut rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar hokimi o‘quv dargohi ta’lim dasturi bilan yaqindan tanishtirildi. O‘tkazilgan muzokaralar davomida Qo‘qon shahrida institut filialini tashkil etish yuzasidan so‘nggi kelishuvlarga erishildi. Uchrashuvda shahar hokimiga ushbu loyihaga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan kompaniya vakili ham hamrohlik qildi.

Qo‘qonda yangi oliy o‘quv dargohining ochilishi shaharda ko‘plab tarmoqlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Mavjud va yangi sanoat korxonalari uchun malakali kadrlar yetkazib berish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish imkoni bilan bir qatorda talabalarga xizmat ko‘rsatadigan sohalarda (ovqatlanish, yotoqxona kampuslar, transport) yangi biznes subyektlarini tashkil etish uchun sharoit yaratiladi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Vrotslav Oliy Bank maktabi instituti rektori Jasek Mersik Qo‘qon shahrida institut filialini ochilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar