Bosh sahifa Sport O‘zbekiston fuqarosi Litva chegarasini noodatiy usul va kiyimda kesib o‘tdi (+video)
Sport

O‘zbekiston fuqarosi Litva chegarasini noodatiy usul va kiyimda kesib o‘tdi (+video)

  • 24.01.2020 / 11:08
  • 684
  • 0
111

Bu haqda Litva davlat chegarasini qo‘riqlash xizmati axborotiga tayanib everyday.uz nashri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik 37 yoshli fuqaro Belarusdan Litvaga ichidan folьga bilan qoplangan maxsus kiyimda, orqachasiga yurib o‘tgan. Uning ushbu harakati videokameralarga muhrlanib qolgan. U chegarachilarni chalg‘itmoqchi bo‘lgan. Ya’ni Litvadan Belarusga o‘tilganidek taassurot qoldirishni rejalashtirgan.

Kinologlar darhol voqea joyiga etib kelgan va Belgiya ovcharkasi qonunbuzar kiyimlarini qaerga yashirganini topgan. Keyinroq esa aybdor ham topilgan. U folьgaga o‘ralgan kiyim orqali “teplovizor”ni chalg‘itmoqchi bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunbuzarga jarima, qamoqqa olish yoki 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar