Bosh sahifa Jamiyat Andijonda Xitoydan kelgan talaba koronavirusdan gumonlanib shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat

Andijonda Xitoydan kelgan talaba koronavirusdan gumonlanib shifoxonaga yotqizildi

  • 03.02.2020 / 05:25
  • 513
  • 0
111

Ikki kun avval Xitoydan kelgan talaba yigit koronavirus bilan gumonlanib Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan kasalxona vrachining aytishicha, isitma va bosh og‘riqdan shikoyat qilgan bemor 1 fevral kuni shifoxonaga murojaat qilgan.

Bemor boshqa kasallardan bo‘shatilgan alohida palataga yotqizilgan.

Kasalxona vrachi tekshirishda koronavirus aniqlanmaganini aytmoqda.

Andijonning Jalaquduq tumanidan bo‘lgan bemor ikki kun avval Xitoydan kelgani, Toshkent aeroportida hech kim uni tekshiruvdan o‘tkazmaganini shifokorlarga aytgan. Bemor shifoxonaning 2-bo‘limidagi alohida palataga olingan, barcha shifokorlarga maska taqish buyurilgan.

“Isitma 37,5, boshqa hech narsa yo‘q. Na tomoqda qizarish, na kataral belgi, na yo‘tal, na ko‘z qizarishi bor. Lekin, koronavirus emas. Shunga qaramay bemor alohida palataga olindi”, - dedi shifoxonaning bosh vrachi yordamchisi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar