Bosh sahifa Jamiyat Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini yetkazib berdi
Jamiyat

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini yetkazib berdi

  • 03.02.2020 / 10:31
  • 504
  • 0
111

Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Rospotrebnadzorning “Vektor” laboratoriyasida ishlab chiqilgan diagnostika vositasi Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston tibbiy xizmatlariga kerakli miqdorda yetkazib berilgan. Qirg‘iziston va Tojikistonga ham ushbu diagnostika vositalari yetkazib berish jarayonida.  

“EOII hamda MDH davlatlariga yordam berish, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Rospotrebnadzor o‘z hamkorlariga beg‘araz ravishda "Vektor" uyushmasida ishlab chiqarilgan 2019-nCoV koronavirusni laboratoriya sharoitida aniqlash vositalarini topshirdi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda  dunyoda koronavirus yuqqan kishilar soni 15 mingdan, undan vafot etganlar soni 360 nafardan ortgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu vaziyat yuzasidan xalqaro favqulodda holat e’lon qilgan edi. Bugungi kunda aksariyat aviakompaniyalar Xitoyga parvoz qilishni to‘xtatgan. Xorijiy davlatlar o‘z fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilmoqda.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar