Bosh sahifa Jamiyat Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bugundan Pekin va Uxandagi fuqarolarimiz charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelinishi boshlanadi
Jamiyat

Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bugundan Pekin va Uxandagi fuqarolarimiz charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelinishi boshlanadi

  • 04.02.2020 / 09:28
  • 458
  • 0
111

Mazkur komissiyaning kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Xitoydagi fuqarolarimizni yurtimizga qaytarish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi. 

Unda O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilib, dastlabki charter reyslar 4-5 fevral kunlari amalga oshirilishi ta’kidlandi. Shunga ko‘ra, bugun birinchi charter reys Pekin shahridan kelishi kutilmoqda. Yo‘lovchilar maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.

– Mazkur muassasalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida to‘liq xalqaro karantin talablari asosida jihozlangan, – deydi Sanitariya-epedimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov. – Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish bilan bir qatorda barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘riladi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan.

Charter reyslarga Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis va epidemiologlari shaxsiy himoya vositalarida hamrohlik qilishadi. Ular tomonidan evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar samolyotga chiqish paytida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Lozim bo‘lganda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur vositalar taqdim etiladi. Mazkur samolyotlarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan hamyurtlarimizga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi.

Xitoydan kelgan fuqarolarimiz ushbu kasallikni yashirin davrida, ya’ni 14 kun davomida qat’iy karantinga olinadi. Halqaro sanitariya-epidemiologiya mezon va talablaridan kelib chiqib, barcha xavfsizlik choralari qo‘rilgan. Shuning uchun ham Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga bundan ortiqcha sarosimaga tushishning hojati yo‘qligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar