Bosh sahifa Jahon Ilon sho‘rvani ichsa bo‘ladimi?
Jahon

Ilon sho‘rvani ichsa bo‘ladimi?

  • 05.02.2020 / 03:21
  • 702
  • 0
111

Astag‘firulloh... 

Avvalo unda davo yo‘qligi ochiq-oydin.

Qolaversa, bitta ilon sho‘rva shuncha dardga davo bo‘lsa, tabiblarga ne hojat?! Nahotki kallasi katta mijozlar shuni o‘ylab ko‘rmaydi?!

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Shak yo‘qki, dard va davoni tushirgan Alloh va har bir dard uchun davo ham qilgan. Davolaninglar, lekin harom bilan davolanmanglar!" – deb marhamat qilganlar.

Alloh taolo: “Ularga jirkanch narsalarni harom qiladi”, – deydi. Qurbaqa, qisqichbaqa, ilon va shunga o‘xshaganlar jirkanch hayvonlardan hisoblanadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan qurbaqaning yog‘ini doriga qo‘shish haqida so‘ralganda, uni o‘ldirishdan qaytardilar. Bu uni yeyishdan qaytarish demakdir. 

Ko‘rshapalag-u ilonlarni yeb yurgan xitoylar va ular yo‘liqqan turli epidemiya, kasalliklar barchamizga ibrat bo‘lmog‘i lozim.

Hasan ibn Ali rahimahullohdan: “Mohir tabib, kasallikni daf qiladi desa, ilon va tipratikan yeyish yoki tarkibida ilon bo‘lgan dori iste’mol qilish halol bo‘ladimi?” deb so‘raldi. U kishi: “Yo‘q, halol bo‘lmaydi”, – deb javob berdilar”. (“Bahrur roiq” ).

Demak, ilon sho‘rvani ichish halol emas. Dori-darmonlarni halol narsalar ichidan izlashimiz kerak.

Bas, shunday ekan, halqumimizni pok saqlaylik!

Yoqub Umar

Manba: azon.uz

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar