Bosh sahifa Jahon O‘zbekistonda svet qachon o‘chmaydi?
Jahon

O‘zbekistonda svet qachon o‘chmaydi?

  • 05.02.2020 / 04:19
  • 550
  • 0
111

“Svet qachon o‘chmaydi?” degan savolga Namangan viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Jahongir Rizzayev “Agar shu savolning javobini bilganimizda bu yerda o‘tirmagan bo‘lardik...”, deya javob qaytardi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar bilan uchrashuvda mutasaddilar o‘tkir savollarga atroflicha javob qaytardilar. Gap endi tizim mas’ullari o‘z gaplariga javob berishlarida qoldi.

Xullas, boshliq Jahongir Nosirjonovichning savollarga tezkor va tahliliy javobi bilan e’tiborimizni tortdi. Quyida uning ayrim fikrlarini keltiramiz:

- O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi boshqa mamlakatlarga qaraganda eng arzon, ya’ni 1 kilovat/soati 295 so‘m.

- Biz ham “svet” o‘chishini istamaymiz, chunki aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashdan davlat manfaatdor.

- Elektr toki uzilishi oqibatida ziyon ko‘rgan tadbirkorlik subyektiga, agar ayb haqiqatda bizning korxonada ekanligi isbotlansa, moliyaviy zararni to‘laymiz.

- Mazkur savollarga aniq javob berishimiz uchun hali ko‘p ishlashimiz kerak.

- Hozir haftada bir, ya’ni juma kuni yig‘ilish o‘tkazyapmiz, xolos. Avvallari esa har kuni videoselektor yig‘ilishi qilinardi.

Aqlli deyilayotgan “ASKUE” hisoblagichi noto‘g‘ri ishlamayapti. Ishonmasanglar, men bilan birga standartlashtirish boshqarmasiga borsangiz, isbotlayman.

(Tushundikki, bu hisoblagich mobil telefonni quvvatlaganda ham aylanayotgani sababli odamlarda “Yangisi tez aylantirarkan, ko‘p hisoblarkan, haqingizni qarzga chiqarib qo‘yarkan!..” deb o‘ylayotgan bo‘lishlari mumkin – muallif izohi)

- Faoliyatimizdagi kamchiliklarni internetda ro‘y-rost ochib berayotgan barchaga, ayniqsa, siz, jurnalist va blogerlarga alohida rahmat. Tanqidiy materiallaringizga 24 soat ichida, albatta, munosabat bildiramiz, deya qo‘shima qildi Jahongir Rizzayev.

Orifjon Jo‘rayev


 namangan24.uz

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar