Bosh sahifa Sport Uxan qanday shahar? (video)
Sport

Uxan qanday shahar? (video)

  • 05.02.2020 / 09:10
  • 658
  • 0
111

Xo‘sh, Uxan qanday shahar?

Uxan — Xubey provinsiyasining markaziy shahri. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning yirik shaharlari ro‘yxatida 42-o‘rinda, Xitoyda 7-o‘rinda turadi. BMT ma’lumotlarida aytilishicha, Uxanda 9 milliondan 11 milliongacha kishi istiqomat qiladi.

Shaharning hajmi va uning iqtisodiy taraqqiyoti Osiyo hamda jahonning boshqa mamlakatlariga, shu jumladan, AQSHgacha bu qadar katta tezlikda tarqalganiga oydinlik kiritgandek bo‘ladi. 2016 yildan beri har yili Uxan Tyanxe aeroporti 20 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. U yerdan London, Parij, Dubay va yer sharining boshqa ko‘plab shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo parvozlari amalga oshiriladi.

Yanszi daryosi qirg‘og‘ida joylashgan shahar o‘zining yuqori texnologiyasi va sanoati bilan tanilgan. Uxanda sanoatlashgan zonalar ko‘p va 52 ta o‘quv muassasalari bo‘lib, unda 700 ming talaba tahsil oladi.

 

Fortune Global ro‘yxatidagi 500 ta yirik kompaniyaning 230 tasi shahar sanoatiga sarmoya kiritgan.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar