Bosh sahifa Jahon 75 ming aholining uzog‘i yaqin bo‘ldi! Farg‘onada Davlat xizmatlari markazining birinchi filiali ish boshladi
Jahon

75 ming aholining uzog‘i yaqin bo‘ldi! Farg‘onada Davlat xizmatlari markazining birinchi filiali ish boshladi

  • 07.02.2020 / 04:59
  • 740
  • 0
111

Farmonga muvofiq, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda DXMlar filiallari bosqichma-bosqich tashkilanishi nazarda tutilgan.

Farg‘ona shahridagi Qirguli mavzesi shahar DXMdan 11 kilometr uzoqlikda. Mavzening 75 mingga yaqin aholisi davlat xizmatlaridan foydalanishda biroz qiyinchiliklarga duch kelayotgandi. Ayniqsa, qishning izg‘irin va yozning jaziramasida ikki-uch transport yordamida markazga borishga to‘g‘ri kelardi. Qirgulining markazida joylashgan «Neftchi» madaniyat saroyi majmuasida Farg‘ona shahar DXMning filiali tashkil etilishi fuqarolarning uzog‘ini yaqin qildi, naqdini va vaqtini tejash imkonini berdi. E’tiborli jihati shundaki, majmuada mahalla fuqarolari yig‘ini, 2-sektor shtabi, 2 mingdan ortiq adabiyotlarni o‘zida jam etgan mahalla kutubxonasi joylashgan. Bundan tashqari, yoshlar uchun 10 ga yaqin turli to‘garaklar ham shu erda faoliyat ko‘rsatadi.

– Yaqinda kadastr xujjatlari bilan bog‘liq ishlarimni bitirish uchun shaharga tushgandim, – deydi mehnat faxriysi Vasilisa Kamarchuk. – Yosh katta bo‘lganidan keyin yaqin manzillarni ko‘zlab qolarkan inson. Shu kezlarda ancha qiynaldim. Masofani ham hisobga olganda deyarli bir kun vaqtim ketgan o‘shanda. Mana, endi Qirguli markazida DXM filialining ochilishidan quvonib o‘tiribman.

Filial bir qarashda kichraytirilgan zamonaviy davlat xizmatlari markazini eslatadi. Bolalar maydonchasi, mo‘‘jazgina kutish zali, davlat xizmatlari to‘g‘risidagi qo‘shimcha axborotlar, maxsus belgilangan libos kiyib olgan shirinsuxan xodimlar...       

Jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli, shu jumladan mobil (sayyor) davlat xizmatlari ko‘rsatish filiallarning asosiy vazifalari etib belgilangan. Farmonga muvofiq, Qirguli filiali mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirildi.

 

Elyor A’zam

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar