Bosh sahifa Jahon Farg‘onada gaz anqoning urug‘i(mi)? “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ rasmiy bayonot berdi
Jahon

Farg‘onada gaz anqoning urug‘i(mi)? “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ rasmiy bayonot berdi

  • 07.02.2020 / 07:59
  • 793
  • 0
111

O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi. Oltiariq tumanida jami 46 185ta aholi xonadonlari mavjud. Shundan 18 391 xonadonlar tabiiy gaz bilan, qolgan 27 794 ta xonadonlar tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsizligi tufayli, suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4407-sonli hamda viloyat hokimining 2019-yil 3-avgust kunidagi 262-sonli tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududgaz Farg‘ona” MCHJ Oltiariq tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja asosida bir qator amaliy ishlar olib borildi.

Shu bilan bir qatorda, shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi o‘rtasida yigilishlar o‘tkazilib, fuqarolarga qish mavsumida ob-havo haroratining keskin tushib ketishi oqibatida magistral gaz quvurlaridagi bosimning pasayishi ehtimoli mavjudligi haqida tushuntirilgan va aholi iste’molchilariga kuz-qish mavsumiga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rish zarurligi, buning uchun esa xonadonlarni isitish uchun mukobil yoqilgi turi hisoblangan ko‘mir, o‘tin kabilarni oldindan zahirasini tayyorlab qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilgan.

Tumandagi tabiiy gaz ta’minoti qoniqarsiz hududlarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari maxsus maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanib, ularga muntazam ravishda belgilangan muddatlarda va imtiyozli narxlarda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. 

Hozirda, tabiiy gaz resursi cheklanganligi sababli birinchi navbatda ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega korxona va tashkilotlar hamda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari tabiiy gaz bilan ta’minlanmoqda.

“Hududgaz Farg‘ona” MCHJ Oltiariq tuman filiali tomonidan tuman aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida barcha zaruriy choralar belgilangan.

"Hududgaz Farg‘ona" MCHJ Matbuot xizmati

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar