Bosh sahifa O'zbekiston Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
O'zbekiston
Nuqtayi nazar
Moliya
Fan-texnika

Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

  • 03.02.2024 / 15:30
  • 162
  • 0
111

Qonunda ko‘tarilgan masalalar davr talabidir. bugungi kunda  aholining  e’tibor zarur bo‘lgan qatlami – nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan yetarlicha sharoit yaratish va uning huquqiy asoslarini  yanada mukammalashtirish inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Zero,  fuqarolarning davlat va jamiyat oldida teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishida barcha insonlarning ehtiyojini  birdek inobatga olish adolatli. 

Yalpi majlis muhokamasiga olib chiqilgan mazkur Qonunda  “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasidagi so‘nggi islohotlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. 

 Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda. Afsuski, turli masalalarda olis manzillarga borgan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehmonxonalarda bu jihatga yetarlicha e’tibor berilmagani uchun qiyinchikka duch kelishadi. Ularga faqatgina pandus yo‘laklari emas, balki  xonalarda talab etiladigan sharoit ham kerak bo‘ladi. Bu o‘z navbatida  zamon andozalariga mos binoni loyihalashtirish, bino infratuzilmasiga yanada e’tibor va mas’uliyat bilan yondoshishni talab etib, xizmat ko‘rsatish sifati va ahamiyatlilikni oshirishga olib keladi.   

 Shu bilan birga , “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tushunchasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunidagi “nogironligi bo‘lgan bolalar” tushunchasi batafsil yoritib berilmoqda.

 Albatta, har bir  kiritilgan o‘zgarish o‘z ahamiyatiga ega va uning ijrosi shubhasiz, insonlarga qulaylik yaratibgina qolmay, ayrim tuzilmalarga o‘zgarishlar olib kiradi.  Imkoniyat va imtiyozlarni oshiradi.  “Inson qadri uchun” tamoyili asosida tizimli amalda tadbiq etilib, fuqarolarning farovon hayotida o‘zini namoyon etadi. 

 

 Manzura SALIMOVA,

 Oliy Majlis Senati a’zosi. 

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar