Bosh sahifa O'zbekiston Samarqandda xorijlik sayyohni haqorat qilgan mehmonxona ish boshqaruvchisi 10 sutkaga qamaldi
O'zbekiston
Huquq
Fan-texnika
Eshitdik-da...

Samarqandda xorijlik sayyohni haqorat qilgan mehmonxona ish boshqaruvchisi 10 sutkaga qamaldi

  • 03.02.2024 / 16:56
  • 131
  • 0
111

Samarqandga tarixiy obidalar bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyohni haqorat qilgan mehmonxona ish boshqaruvchisiga jazo tayinlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuraturaga tarixiy obidalari bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qilib, unda Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilingan.

Sudning 22-apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

“Mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan har bir turistning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash ustuvor vazifadir”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston tarixi, madaniyati va o‘zbek tilining xorij davlatlarida targ‘ibotiga 10 milliard so‘m ajratilishi mumkinligi, O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar