Bosh sahifa Nuqtayi nazar Joylashtirish vositalari va yirik ovqatlanish shoxobchalari hududlarida zamonaviy suzish havzalari barpo etiladi
Nuqtayi nazar
Iqtisodiyot
Huquq
Fan-texnika
Sport

Joylashtirish vositalari va yirik ovqatlanish shoxobchalari hududlarida zamonaviy suzish havzalari barpo etiladi

  • 03.05.2022 / 20:37
  • 80
  • 0
111

Buni amalga oshirish uchun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 apreldagi “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-212-son qarorida nazarda tutilgan mablag‘larning 50 million AQSh dollari yo‘naltiriladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 aprel kuni qabul qilingan “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorida belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra Turizm va madaniy meros vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joylashtirish vositalari va yirik ovqatlanish shoxobchalari hududlarida zamonaviy suzish havzalarini barpo etish bo‘yicha manzilli loyihalarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar