Bosh sahifa Kadrlar Eshitdik-da: "Ish bor" televizion shousi ishtirokchisi "CityLine" mehmonxonasiga bosh menejer etib tayinlandi
Kadrlar
Fan-texnika
Eshitdik-da...

Eshitdik-da: "Ish bor" televizion shousi ishtirokchisi "CityLine" mehmonxonasiga bosh menejer etib tayinlandi

  • 13.09.2022 / 15:47
  • 44
  • 0
111

"Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi", "O'zbekiston Turizmni rivojlantirish assotsiatsiyasi" va "HotelPro" konsalting kompaniyasining qo'shma loyihasi "Ish bor" (reality show) 2-mavsumida ishtirok etgan Izzatillo Umarov Toshkent shahridagi "City Line" mehmonxonasiga bosh menejer etib tayinlanibdi. U mazkur dasturda o'zini ko'rsatgani uchun "Central Palace Halal Hotel" da resepshionist vazifasiga ishga qabul qilingan edi. Oradan bir yarim yil o'tib u ana shunday muvaffaqqiyatga erishdi. 

Eslatib o'tamiz, “Ish bor” loyihasida 18-30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Ko‘rsatuv mehmonxona va unda xizmat ko‘rsatish sohasiga taa’lluqli bo‘lib, unda ishtirokchilarga turli xil konflikt vaziyatlardan chiqish topshirig‘i beriladi. Qatnashchilar o‘z bilimi va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda muammoni ikki tomon (mijoz va ish beruvchi) uchun ijobiy tomonga hal etishi kerak. Bir necha bosqichdan yaxshi ball to‘plab o‘tgan ishtirokchilar finalda kuch sinashadi. Loyiha g‘olibiga mehmonxonadan yaxshi pozitsiyada ishlash taklif qilinadi. Ko'rsatuv "Dunyo bo'ylab" telekanali orqali efirga uzatilgan edi. 

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar