Bosh sahifa O'zbekiston Mehmonxonalar yulduz toifasini olishida ayrim talablar
O'zbekiston
Iqtisodiyot
Fan-texnika

Mehmonxonalar yulduz toifasini olishida ayrim talablar

  • 23.09.2022 / 04:50
  • 36
  • 0
111

Davlat standartiga asosan mehmonxonalarni qurish jarayonida quyidagi talablarni e’tiborga olish zarur:

avtotransportdan kelish yo‘lida atmosfera yog‘inlaridan himoyalash uchun soyabonli kirish joyining mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

texnik loyihaga binoan ko‘chmas generatorning mavjud bo‘lishi (talab 3*, 4* va 5* uchun majburiy);

suvga ishlov berish (filtratsiya va tozalash) bo‘yicha uskunaning mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

texnik loyihaga binoan jamoat va yashash joylarida majburiy ventilyatsiya tizimining mavjudligi (talab 3*, 4* va 5* mehmonxonalar uchun majburiy);

xizmat/yuk tashish uchun qo‘shimcha lift (yoki yuk ko‘targich)ning mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

2* va 3* yulduzli mehmonxonalar uchun ko‘p xonali yoki qo‘shilgan nomerlarning mavjudligi;

4* va 5* mehmonxonalar uchun esa ko‘p xonali nomerlar va nomerlarning umumiy sonidan 4% dan kam bo‘lmagan “yuqori toifali” nomerlarning mavjudligi;

3* uchun - 3,5 m2, 4* uchun - 4,0 m2 va (qo‘shimcha sanuzel - 2,5 m2), 5* uchun - 5,0 m2 va (qo‘shimcha sanuzel uchun 3,0 m2) kam bo‘lmagan sanuzel maydonining mavjudligi.

Sertifikatlashtirish jarayonida mehmonxonalar tomonidan yuqoridagi talablarning ta‘minlanishi hamda kelgusida qo‘shimcha ta’mirlash, tuzatish va xarajatlarning oldini olish maqsadida, mehmonxonalarni qurish va (yoki) kapital rekonstruksiya qilish jarayonlarida mazkur talablarni hisobga olish maqsadga muvofiq.

Iqtibos, qiziqarli ovozli va media maqolalar - Telegram kanalimizda!

So'ngi Muharrir tanlovi Media Yangiliklar